Ronaldu chindan ham "Sporting"ga qaytadimi? Uning agenti haqiqatni aytdi

  • 14.05.2021 22:04
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronalduning agenti Jorje Mendesh mijozining yozda "Sporting"ga qaytishi haqida tarqalgan mish-mishlarga o‘z munosabatini bildirdi.

"Krishtianu "Sporting"ning chempionlikni qo‘lga kiritganidan faxrlanadi. Bu uni ochiqchasiga aytdi. Biroq uning faoliyatidagi hozirgi rejalari Portugaliya bilan bog‘liq emas", - dedi Mendesh.

Bundan avvalroq 36 yoshli portugaliyalik futbolchining onasi Doloresh Aveyru uni “Sporting”ga qaytarishga urunib ko‘rishini aytgan edi.

Ronaldu "Sporting" klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2003 yilgacha ushbu klub sharafini himoya qilgan va shundan so‘ng 2003 yilda "Manchester Yunayted"ga ko‘chib o‘tgan. Portugaliyalik yulduzning "Yuventus" bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilda o‘z nihoyasiga etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Abbos Axmedov
15/05/2021 01:00
Шартноманг тугаса эркин агент бўлиб Навбахорга кел роналдо унгача Одил Ахмедов хам келиб қолар ўзига яраша Навбахор хам сенсакцеон тарих яратиш керак қуруқ гап ва олди қочти миш мишлардан биз Навбахор мухлислари чарчадик реални фудбол ўйнаб хаммани қўрқитадигон номдор клуб бўлишини чиндилдан хохлайсиз Навбахорни