Ronaldu endi boshlang‘ich tarkib o‘yinchisi emasmi?

  • 29.11.2021 16:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Manchester Yunayted” premer-liganing 13-turida chempionat peshqadami “Chelsi” bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi.

Ko‘pchilik muxlisu mutaxassislarni jamoani vaqtincha boshqarib turgan Maykl Kerrik eng mashhur yulduz Krishtianu Ronalduni boshlang‘ich tarkibga kiritmagani qiziqtirmoqda.  

Bosh murabbiy vazifasini bajarayotgan angliyalik mutaxassis bu masala bo‘yicha o‘z munosabatini bayon qildi.

- Biz tarkibga bir necha tuzatish va o‘zgartirishlar kiritdik. Albatta, Ronalduning boshlang‘ich tarkibda yo‘qligi darhol ko‘zga tashlanadi. Lekin rejamiz shunday edi. Men Krishtianu bilan bu borada yaxshilab gaplashib olganman.

Har bir futbolchimiz qattiq mehnat qilmoqda, Ronaldu ham bundan mustasno emas. Krishtianu kerak bo‘lgan paytda maydonga tushishga tayyor. Bizning o‘z rejamiz bor va tanlangan tarkibdan mamnunmiz, - dedi Maykl Kerrik.

Ronaldu uchrashuvning 64-daqiqasida manchesterliklar golini kiritgan Jeydon Sancho o‘rniga maydonga tushdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!