Ronaldu ertagi tugadi (mi?). MYu portugaliyalikka narx belgiladi

  • 09.10.2022 15:44
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Manchester Yunayted" qishki transfer oynasida hujumchi Krishtianu Ronalduni 11 million evroga sotishga tayyor, deb yozdi "Daily Star" nashri.

Avvalroq, "Inter Mayami" futbolchini sotib olishga qiziqayotgani va portugaliyalikga mavsum uchun 34 million evro to‘lashga tayyorligi haqida xabar berilgandi.

OAV Ronaldu "Manchester Yunayted"ni tark etmoqchi, biroq Evropaning birorta klubi futbolchiga foydali taklif bilan chiqishga tayyor emasligi haqida yozmoqda.

37 yoshli portugaliyalik futbolchi 2021 yilning avgustida "Manchester Yunayted"ga o‘tgan edi. U joriy mavsumda “qizil iblislar” safida 9 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga bitta gol  va bitta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!