Ronaldu Evropaning grand klublaridan taklif kutmoqda
Jurnalist Fabritsio Romanoning xabar berishicha, "Manchester Yunayted" hujumchisi Krishtianu Ronaldu yanvar oyida Evropani tark etmoqchi emas.
Avvalroq, portugaliyalik forvard xizmatiga Saudiya Arabistoni va MLS klublaridan takliflar borligi haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgandi. Ronaldu bu takliflarni ko‘rib ham chiqmoqchi emas. Krishtianu faoliyatini Evropaning grand jamoalarida davom ettirmoqchi.
Manchesterliklar bosh murabbiyi Ten Hag futbolchi shartnomasining so‘nggiga qadar "qizil iblislar" safida qolishiga qarshi emasiligini aytgandi.
Eslatib o‘tami, 37 yoshli hujumchi joriy mavsum 12 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va bitta golga hammualliflik qilgan.



Fikrlar