Ronaldu faoliyatini davom ettirish uchun 3 ta variantga ega

  • 17.03.2021 21:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu mavsumlar oralig‘ida jamoasini o‘zgartirmoqchi. Bu haqda jurnalist Alfredo Pedulla xabar bermoqda.

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 36 yoshli portugaliyalik futbolchi allaqachon agenti Jorje Mendeshdan o‘ziga yangi jamoa qidirishni so‘ragan. Bu borada unga PSJ, "Manchester Yunayted" va "Real" asosiy da’vogar sifatida e’tirof etilmoqda.

Ammo Ronalduning 31 mln evrolik maoshi uning boshqa jamoaga o‘tishiga imkon bermasligi mumkin. Boisi, unga da’vogarlik qilayotgan klublar ham 36 yoshli futbolchiga yiliga buncha maosh to‘lashni xohlamasligi mumkin.

Ronaldu joriy mavsum "Yuventus" safida 33 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 30 ta gol hamda 4 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi. Uning turinliklar bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!