Ronaldу finaldagi mag‘lubiyatdan, taqdirlash marosimida ishtirok etmadi

  • 17.05.2026 11:42
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"An-Nasr" hujumchisi Krishtianu Ronaldu Osiyo Chempionlar Ligasi 2 finalida Yaponiya ning "Gamba Osaka" klubiga 0:1 hisobida mag‘lub bo‘lgani dan so‘ng o‘z jamoasini taqdirlash marosimida ishtirok etmadi. Uchrashuv Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahridagi "Kingdom Arena" stadionida bo‘lib o‘tdi.

Final hushtagidan so‘ng taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi, unda "An-Nasr" futbolchilari va murabbiylar shtabi kumush medallarni qo‘lga kiritdi. Krishtianu Ronaldu marosimga kelmadi. Kapitan marosim boshlanishidan oldin maydonni tark etdi.

Qo‘ldan boy berilgan sovrin Ronaldu uchun Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tganidan beri mumkin bo‘lgan 14 ta sovrindan 14-si bo‘ldi. 21 may, payshanba kuni Saudiya Arabistoni Pro-ligasining 2025/2026 yildgi mavsumi yakunlanadi. "An-Nasr" "Al-Hilol"ni ikki ochkoga ortda qoldirib, turnir jadvalida birinchi o‘rinni egallab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!