Ronaldu g‘azabda! “Manchester Yunayted” uning maoshini kesib tashladi

  • 29.08.2022 19:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Manchester Yunayted” rahbariyati jamoa hujumchisi Krishtianu Ronalduning maoshini 25 foizga kamaytirdi, deb xabar tarqatdi Daily Mail nashri.

Manbaning ta’kidlashicha, bu qisqartirish jamoaning o‘tgan mavsum yakunlariga ko‘ra, Chempionlar ligasiga chiqa olmagani tufayli amalga oshirilgan.

Klub mutasaddilari bu optsiyani qo‘llaganidan Ronaldu g‘azabga keldi. Portugaliyalik futbolchi o‘tgan mavsumda APLda 18 ta gol urgani uchun o‘zi vazifasini uddalaganini iddao qilmoqda.

Krishtianu Ronaldu hamon klubni tark etish fikridan qaytgani yo‘q. Uning agenti Jorje Mendesh mijozini Chempionlar ligasida qatnashadigan jamoaga joylash bilan ovora.

Oxirgi ma’lumotlarga qaraganda, portugaliyalik yulduz “Napoli” safiga qo‘shilishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!