Ronaldu haqidagi mish-mishlar rad etildi

  • 2 sentabr, 2022, 01:25
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Fenerbaxche" boshqaruv raisi Selaxattin Baki "sport-express" muxbiri bilan suhbatda "Manchester Yunayted" hujumchisi Krishtianu Ronalduning Istanbul klubiga o‘tishi mumkinligi haqidagi xabarga munosabat bildirdi.

"Bu men oxirgi paytlarda eshitgan eng katta yolg‘on", dedi Baki.

Demak, klub Krishtianuga qiziqish bildirmagan?

- Men sizning savolingizga allaqachon javob berdim.

Avvalroq Turkiyaning "Ajansspor" sayti klublar 37 yoshli portugaliyalikning transferi bo‘yicha kelishuvga erishgani haqida xabar bergandi.

Joriy mavsumda Ronaldu mankunianliklar safida 4ta o‘yinda ishtirok etdi. Hujumchining klub bilan shartnomasi 2023 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan.

Ma’lumot o‘rnida, Angliyada yozgi transfer oynasi Toshkent vaqti bilan soat 03.00da yopiladi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!