
Ronaldu: Hoy bola, nimalar qilib qo‘yding!
“Manchester Yunayted”ning mashhur yulduzlari qizga qilingan zo‘ravonlikda ayblanayotgan jamoadoshlari Meyson Grinvuddan yuz o‘girdi. Ma’lum bo‘lishicha, Grinvudning instagramdagi sahifasida obuna bo‘lgan 18 nafar jamoadoshidan aksariyati uning sahifasini tark etdi.
Xususan, kuni kecha David de Xea, Krishtianu Ronaldu va Pol Pogba Grinvudning sahifasiga obunasini bekor qildi. Avvalroq, Markus Reshford, Edinson Kavani, Fred va Jessi Lingard ham shu ishga qo‘l urgandi.
Hozircha, jamoa sardori Harri Maguayr va Brunu Fernandesh Grinvudning instagramdagi sahifasini kuzatishni davom ettirmyapti.
Manchester politsiyasi 20 yoshli futbolchini suroq qilganidan keyin bir kecha qamoqda olib qoldi. Bu mojaro futbolchining sevgilisi Garriet Robson do‘pposlashdan qolgan jarohatlarini ijtimoiy tarmoqqa joylab, bu ishda Grinvudni ayblaganidan keyin boshlangandi.
Fikrlar