Ronaldu jamoada yakkalanib qoldi
Krishtianu Ronalduning jamoadoshlari bilan munosabati ko‘ngildagidek emasligi haqida ma’lumotlar tarqatila boshlandi.
Manbalarning ta’kidlashicha, jamoadan ketish fikridan qaytmagan portugaliyalik yulduz klubning “Kerrington”dagi bazasida boshqa futbolchilarga hurmatsizlik qilgan.
“Brentford”dan uchralgan 0:4 hisobidagi mag‘lubiyatdan keyin Ronaldu jamoadoshlariga qo‘shilmasdan alohida stolda tushlik qilgan.
Bundan tashqari, jahon futbolida eng ko‘p gol urgan hujumchi mashg‘ulotlar chog‘ida ham qolgan futbolchilarga tinimsiz e’tiroz bildirayotgani aytilmoqda.
Ayni paytda klub mutasaddilari jamoa ichidagi muhitni yaxshilash borasida bosh qotirmoqda.

Fikrlar