
Ronaldu katta ziyon ko‘rdi
Krishtianu Ronalduning “Yuventus”dan ketishiga asosiy sabablardan biri Turin klubi uning shartnomasida belgilangan bir mavsum uchun 31 million evrolik maoshni to‘lashga qiynalgani bo‘ldi.
“Manchester Yunayted” esa futbolchining maoshini pasaytirganiga qaramay, unga bonuslar evaziga “Yuventus”dagidan ko‘proq pul ishlash imkonini taqdim etgandi.
Ma’lum bo‘lishicha, Ronaldu bonuslarning asosiy qismini Chempionlar ligasidagi natijalar ortidan qo‘lga kiritishi belgilangan ekan. Ya’ni, jamoa qit’aning eng nufuzli turnirida qancha yuqorilasa portugaliyalik to‘purarning daromadi ham shunga yarasha oshib borishi kerak bo‘lgan.
Afsuski, “Manchester Yunayted” nimchorak final bosqichida “Atletiko” qarshiligi engolmadi va xalqaro miqyosdagi yurishini to‘xtatdi. Hozircha, Ronaldu umumiy hisobda 5 million evro bonusdan quruq qoldi. U jamoasi Chempionlar ligasi finaliga chiqsa, qo‘shimcha 2,5, Angliya chempioni bo‘lsa, 1,5 million va kelasi mavsum Chempionlar ligasiga yo‘llanma olsa, yana bir million evro mukofot olishi kelishilgandi.
Ronaldu endi jamoasi kuchli to‘rtlikka kirsa va “Yunayted” futbolchilari orasida to‘purarlikni saqlab qolsagina qo‘shimcha bonuslarga ega bo‘ladi.
Fikrlar