Ronaldu kelsa fojea bo‘ladi!

  • 22 dekabr, 2022, 18:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Arsenal”ning sobiq futbolchisi Nayjel Uinterbern “to‘pchilar” jamoasiz yurgan Krishtianu Ronalduni o‘z safiga qo‘shib olishi mumkinligi haqidagi xabarlarga munosabat bildirib, klub rahbariyatini bu fikrdan qaytishga chaqirdi.

- Bu qisqa muddatli hamkorlik bo‘ladi va men buni ma’qullamayman. Ayniqsa, “Arsenal”ning o‘in uslubi bunga imkon bermaydi. “Kanonirlar” yuqori pressing qo‘llab, shiddatli o‘yin ko‘rsatadi. Ronaldu bu uslubda o‘ynay olmaydi.

Transfer amalga oshishiga ishonmayman. Ronaldu uchun londonliklar shakllangan o‘yin uslubini o‘zgartirishiga to‘g‘ri keladi. Ronalduning “Arsenal”ga kelishi jamoa uchun fojea bo‘ladi, - dedi Nayjel Uintbern.

37 yoshli Ronaldu ayni paytda hordiq chiqarmoqda. Uning agenti Jorje Mendesh futbolchiga yangi ish joyi qidiryapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!