Ronaldu kino olamiga ham kirib kelmoqda
Krishtianu Ronaldu va kinorejissyor va prodyuser Mettyu Von birgalikda kinostudiya tashkil etdi. Bu haqda "Variety" nashri xabar berdi.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, studiya kino yaratishning an’anaviy uslubini o‘zgartirish va innovatsion texnologiyalarni an’anaviy usullar bilan uyg‘unlashtirish niyatida. U UR•Marv deb nomlanadi.
Ta’kidlanishicha, studiya allaqachon ikkita jangari filmni suratga olishni yakunlagan.
Mettyu Von "X-Men: O‘tmish kunlari kelgusi", "Yulduz changi" va boshqa filmlari bilan tanilgan.
Yaqinda Krishtianu Ronalduninng Fatal Fury: City of the Wolves jangovor o‘yinida o‘z personajiga ega bo‘lishi ma’lum qilingan edi.

Fikrlar