Ronaldu klubni mensimay qo‘ydi!

  • 11.09.2021 17:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 2
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Yuventus” sport direktori Federiko Kerubini Krishtianu Ronaldu nega transfer qilinganiga aniqlik kiritdi.

- “Manchester Siti”ning taklifi to‘g‘ri kelmasdi. “Manchester Yunayted” esa, o‘z an’anasiga ega klub sifatida boshqacha yo‘l tutdi. Ronaldu bizga qilgan munosabatdan keyin vaziyat boshqacha echim topishi mumkin emasdi. Biz klubni mensimay qo‘ygan futbolchini olib qololmasdik.

Biz Ronalduni hurmat qilamiz. Lekin prezidentimizning gapiga qo‘shilmay ilojim yo‘q. “Yuventus” tarixini buyuk chempionlar, murabbiylar, rahbarlar yozgan bo‘lsa-da,  klub eng muhim omil bo‘lib qolaveradi, - dedi Federiko Kerubini.

Krishtianu Ronaldu 27 avgust kuni “Manchester Yunayted” taklifini qabul qildi. Yangi jamoada portugaliyalik yulduz 7-raqamda o‘ynaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
⚽️FANAT M-YU⚽️
11/09/2021 19:06
Ey raxbaringga paxta qo‘yib Ronaldudek buyuk shaxsni Tanqid qilib yomon otliq qilish ossonda umuman ma‘no yoq, o‘z oldiga katta maqsadlarni ko‘zlamaydigan va shunga yarasha intilmaydigan kulbda qolib nima qiladi hozirgi vaqtda MYU ko‘proq narsani istamoqda
&
Турсун Ғани
11/09/2021 21:17
Э яшанг шу фикирларга қўшиламан. МЮ Раналдунинг пойқадами ва дубли эвазига ўзи учун муносиб жойига қайтди. МЮ ғолиблик исини Чемпионлик ҳидини олди энди бошқаларга бу жойни олши осон бўлмайди.