Ronaldu “Manchester Yunayted” rahbariyati jahlini chiqardi

  • 06.07.2022 15:25
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Manchester Yunayted” rahbariyati jamoaning mavsumoldi mashg‘ulotlariga kelmayotgan hujumchi Krishtianu Ronalduning xatti-harakatlaridan norozi ekanligini ma’lum qilgan. Bu haqda “The Athletic” nashri jurnalisti Lori Uituell xabar bermoqda.

“Qizil iblislar” futbolchining may oyi boshiga qadar jamoani tark etish istagini bildirmaganidan xafa bo‘lgan. Klubning fikricha, portugaliyalik “Old Trafford”ni tark etishi haqida oldinroq ma’lum qilganida, ular yangi hujumchi sotib olishga harakat qilib ko‘rgan bo‘lar edi.

Ronalduning o‘zi shu vaqtgacha "Manchester Yunayted"ning transfer bozoridagi xaridlarini ko‘rib chiqmoqchi bo‘lgan. Ammo futbolchi klubning transfer siyosatidan ko‘ngli to‘lmagan va ketishga qaror qilgan.

Hozircha portugaliyalik futbolchiga faqatgina Londonning “Chelsi” klubi qiziqmoqda. Biroq, mankunianliklar Krishtianuni APL jamoalariga sotmoqchi emasligini ma’lum qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!