Ronaldu “Manchester Yunayted”ning muammolarini hal qilib bermoqchi

  • 29 dekabr, 2024, 16:30
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted”ning sobiq futbolchisi Krishtianu Ronaldu ayni paytda Saudiya Arabistonining “An-Nasr” klubida to‘p tepayotganiga qaramay, avvalgi klubiga befarq emasligini ko‘rsatdi.

39 yoshli futbolchi “Manchester Yunayted”ning muvaffaqiyatsizliklariga uni boshqarayotgan murabbiylar sababchi emasligini ta’kidladi.

- “Manchester Yunayted”dagi vaziyatga baho berishdan avval, bu klubni yoqtirishim va unga bor yaxshiliklarni ravo ko‘rishimni aytishim kerak. Muammo bosh murabbiyda emas.

Agar men klub xo‘jayini bo‘lsam, nimalar bo‘layotganini aniqlab, kamchiliklarni va o‘zim yomon deb bilgan jihatlarni to‘g‘rilayman, - dedi Krishtianu Ronaldu.

“Manchester Yunayted” Krishtianu Ronaldu ikki marta o‘ynagan yagona jamoa hisoblanadi. Portugaliyalik yulduz bu klub safida 2003-2009 va 2021-2022 yillarda to‘p tepgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!