
"Ronaldu men uchun ilhom manbai"
"Yuventus" va Italiya terma jamoasi yarim himoyachisi Federiko Keza "Manchester Yunayted" hujumchisi Krishtianu Ronaldu haqida fikr bildirdi.
"Uning fidoyiligi, aqliy kuchi hamda vaziyatlarni hal qilishi men uchun ilhom manbai bo‘ldi. Krishtianu boshqa sayoradan kelgan. Ronaldu bilan mashq qilish va uning harakatlarini kuzatish hayajonli edi.
Men futbol tarixidagi eng yaxshi o‘yinchilardan birini jonli tomosha qilish baxtiga muyassar bo‘ldim", - dedi Keza.
Fikrlar