Ronaldu Messi kirolmagan reytingda birinchi bo‘ldi

  • 12 dekabr, 2020, 13:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Transfermarkt portali XXI asrda bir jamoa tarkibida eng tez 100 ta gol urishga erishgan futbolchilar ro‘yxatini e’lon qildi.

Tecno

Ushbu reytingda birinchi o‘rin «Real» tarkibida 105 ta uchrashuvda 100 ta gol urgan Krishtianu Ronalduga nasib qildi.

Ikkinchi pog‘onada qayd etilgan Luis Suares  «Barselona»da 120 ta o‘yinda raqiblar darvozasini 100 marta ishg‘ol qilgan.

Kuchli uchlikdan joy olgan Zlatan Ibrohimovich yuzlik dovondan o‘tishi uchun PSJda 124 ta uchrashuvda qatnashishiga to‘g‘ri kelgan.

Kuchli o‘nlik bilan tanishing:

  1. Krishtianu Ronaldu («Real») — 105 ta uchrashuv.
  1. Luis Suares («Barselona») — 120.
  1. Zlatan Ibragimovich (PSJ) — 124.
  1. Ruud van Nistelroy («Manchester Yunayted») — 131.
  1. Edinson Kavani («Napoli») — 135.
  1. Robert Levandovski («Bavariya») — 136.
  1. Kilian Mbappe (PSJ) — 137.
  1. Kristian Veri («Inter») — 138.
  1. Chiro Immobile («Latsio») — 147.
  1. Samuel Eto’o («Barselona») — 154.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!