Ronaldu o‘rniga boshqasi...

  • 8 yanvar, 2023, 14:08
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Jahon futbolida eng ko‘p gol urgan Krishtianu Ronaldu bilan hamkorlik aloqalarini uzgan taniqli futbol agenti Jorje Mendesh endi boshqa portugaliyalik futbolchi bilan ishlaydigan bo‘ldi.

Evropa matbuotining yozishicha, bundan buyon mashhur agent Portugaliya futbolining kelajagi sifatida e’tirof etilayotgan hujumchi Gonsalu Ramush manfaatlarini himoya qiladi.

Mendeshning kompaniyasi Ronaldu bilan hamkorlikni to‘xtatganidan keyin “Benfika”ning 21 yoshli hujumchisi bilan shartnoma imzolagan.

Ramush jahon chempionatida Shveytsariya darvozasiga uchta to‘p kiritganidan keyin Evropaning qudratli jamoalaridan taklif ola boshladi. Jorje Mendesh bundan buyon Gonsaluning transferlarini boshqaradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!