Ronaldu o‘rnini faqat mana shu futbolchi bosishga qodir!

  • 10 iyul, 2022, 23:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted”ning sobiq futbolchisi  Rio Ferdinand  Krishtianu Ronalduning o‘rnini faqatgina “Bavariya” to‘purari Robert Levandovski bosishga qodir ekanini ta’kidladi.

Tecno

Ma’lumki, portugaliyalik yulduz jamoaning mavsumoldi tayyorgarlik yig‘inigan kelgani yo‘q va tezroq boshqa klubga o‘tishni istayapti.

- Men Ronalduning jamoadan ketishini tasavvur qila olmayman. Uning o‘rnini bosishi kerak bo‘lgan Xoland va Nunes boshqa klublarga o‘tib ketdi. Hozir Ronalduning yo‘qligini bildirmaydigan faqat bitta o‘yinchi bor. Bu Levandovski. Polshalik hujumchining qalbi uni “Barselona”ga etaklayapti. Lekin kataloniyaliklar bu transferni eplay olishi mavhumligicha qolmoqda.

“Manchester Yunayted” Levardovskini qo‘lga kiritgandan keyingina Ronalduning ketishiga ruxsat berishi kerak, - dedi Rio Ferdinand.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!