Ronaldu o‘tmoqchi bo‘lgan superklub undan yuz o‘girdi

  • 16 noyabr, 2022, 16:06
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted”dan ketishi kutilayotgan Krishtianu Ronaldu “Bavariya”ga o‘tmoqchi ekani va agenti  Jorje Mendesh hamrohligida myunxenliklar bilan uchrashgani haqida xabar tarqatilgandi.

Tecno

Bundesliga chempioni Ronaldu masalasiga munosabat bildirdi.

Sky Germany nashrining ma’lum qilishicha, “Bavariya” mutasaddilari portugaliyalik futbolchi bilan muzokara o‘tkazilganini keskin rad etdi.

Manbaning ta’kidlashicha, “Bavariya”ga Ronalduning yoshi to‘g‘ri kelmaydi va klub transfer bozorida boshqa maqsadlarni ko‘zlamoqda.

Ayni paytda Krishtianu Ronaldu “Manchester Yunayted” bilan yuzaga kelgan ziddiyat tufayli yanvargacha shartnomasini bekor qilmoqchi ekani haqida ham ma’lumotlar ko‘payib bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!