Ronaldu o‘yin tugamay ketib qoldi

  • 1 avgust, 2022, 16:06
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” o‘z maydonida Ispaniyaning “Rayo Valekano” jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazdi. Bahs 1:1 hisobida yakunlandi.

Tecno

Ushbubellashuvda hammaning e’tibori Krishtianu Ronalduda bo‘ldi. Jamoadan ketishi aytilgan va manchesterliklarning mavsumoldi yig‘inlari hamda bir necha o‘rtoqlik o‘yinlarida qatnashmagan portugaliyalik hujumchi ilk bor maydonga tushdi.

Bellashuvning ilk daqiqalaridan to‘p tepgan Ronaldu o‘zini ko‘rsata olgani yo‘q. Erik ten Xag uni tanaffusda zaxiraga oldi.

Krishtianu Ronaldu ushbu bahs yakunlanmay turib, “Old Trafford”dan ketib qolgani ko‘pchilikni hayron qoldirdi. Ronaldu yoki klub bu vaziyat bo‘yicha bayonot bergani yo‘q.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!