Ronaldu o‘ziga murabbiy olib keladi

  • 14.04.2023 09:33
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“An-Nasr” bosh murabbiy Rudi Garsiyani iste’foga chiqarganidan keyin jamoani boshqarishga Zinedin Zidanni olib kelmoqchi.

Taniqli insayder Jeyms Bengening ta’kidlashicha, “Real”dan ketganidan beri ishsiz yurgan Zinedin Zidanni jamoani qabul qilib olishga ko‘ndirishda Krishtianu Ronaldu alohida tashabbus ko‘rsatmoqda.

Manbaga ko‘ra, portugaliyalik yulduz Zidanni Saudiya Arabistoniga ko‘chirib olib kelish bo‘yicha muzokaralarda qatnashyapti.

“An-Nasr”ni boshqarishga yana bir nomzod sifatida “Roma” ustozi Joze Mourino tilga olinyapti.

Avvalroq, Krishtianu Ronaldu va Rudi Garsiya o‘rtasida ziddiyat yuzaga kelgani va portugaliyalik yulduz bosh murabbiyning o‘yin uslubidan keskin norozi ekani aytilgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!