
Ronaldu: “O‘zimiz istagan natijaga erishmadik”
Krishtianu Ronaldu Portugaliya terma jamoasining “Evro-2024”dagi ishtiroki haqida o‘z fikrini bildirdi.
Portugallar chorak finalda Frantsiya terma jamoasiga penaltilar seriyasida mag‘lub bo‘lib turnirni tark etishgan edi.
“O‘zimiz istagan natijaga erishmadik. Portugaliya champion bo‘lmoqchi edi. Turnir biz uchun o‘rtacha bo‘ldi. Terma jamoamiz keying katta turnirlarda g‘alaba qozonishiga ishonishimiz kerak”,- dedi terma jamoa sardori.
Eslatib o‘tamiz, Ronaldu 2003 yildan beri Portugaliya sharafini himoya qiladi. Hujumchi 212 ta rasmiy uchrashuvda 130 ta gol urgan.
Fikrlar