Ronaldu qo‘ylardan qo‘rqib, 7 million evrolik koshonadan voz kechdi

  • 16.09.2021 16:16
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Manchester Yunayted” hujumchisi Krishtianu Ronaldu oilasi bilan Angliyaga ko‘chib kelganidan keyin bahoisi 7 million evro bo‘lgan koshonaga joylashgan edi. Biroq, uning uyi joylashgan hududda qo‘y podalari boqilar ekan.

Krishtianu Ronaldu kechasi qo‘ylarning ovozidan bezovta bo‘lib, yaxshi uxlay olmaganidan shikoyat qildi. Shuningdek, portugaliyalik yulduz uyning xavfsizlik tizimidan xavotirda ekanini ham ma’lum qildi.

Shundan so‘ng, futbolchi oilasi bilan Cheshirdagi boshqa uyga ko‘chib o‘tdi. Bu uy avvalgisidan ikki barobar arzon bo‘lsa-da, uning hududida basseyn, kichik kinoteatr va to‘rtta mashinaga joy bor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!