
Ronaldu rekordi barbod bo‘lishidan xavotirda
Chempionlar ligasi yarim final javob uchrashuvida Karim Benzema “Manchester Siti” darvozasi tomon belgilangan penaltini aniq bajarib, jamoasining 3:1 hisobidagi g‘alabasini ta’minladi.
“Real”ni finalga olib chiqqan bu gol frantsiyalik hujumchi uchun Chempionlar ligasining bu mavsumidagi 15-gol bo‘ldi.
Karim sobiq jamoadoshi Krishtianu Ronalduning qit’adagi eng nufuzli turnirda o‘rnatgan rekordiga maksimal darajada yaqin keldi.
Ronaldu 2013-2014 yilgi mavsumda Chempionlar ligasida 17 ta gol urgan va bu rekord ko‘rsatkich hisoblanadi.
Benzema 28 may kuni “Liverpul”ga qarshi bo‘ladigan final o‘yinida ikkita gol ursa, portugaliyalik yulduzning rekordini takrorlaydi.
Fikrlar