
Ronaldu Robbi Kinni ortda qoldirdi
Portugaliya terma jamoasi forvardi Krishtianu Ronaldu navbatdagi rekordini o‘rnatdi.
Gap shundaki, 34 yoshli futbolchi kecha Evro-2020 saralashi doirasida Litvaga qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yind poker qayd etdi va ushbu turnirdagi gollari sonini 25 taga etkazib oldi. E’tiborlisi, Evropa chempionatlariga saralash bosqichlarida hech bir futbolchi Ronaldudek ko‘p gol urmagan.
Ma’lumot uchun, bungacha ushbu rekord Irlandiya terma jamoasi sobiq futbolchisi Robbi Kinga (23) tegishli edi.
Ma’lumot uchun, Ronaldu Portugaliya terma jamoasi safida 2003 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. O‘tgan davr mobaynida u jami 160 ta o‘yinda maydonga tushdi va 93ta gol yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar