Ronaldu Saudiya Arabistoni klubining dahshatli taklifini rad etgan
"Manchester Yunayted" hujumchisi Krishtianu Ronaldu yozda Saudiya Arabistoni klubini rad etdi. Bu haqda “Mirror” nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, nomi oshkor etilmagan klub 37 yoshli portugaliyalik futbolchiga yiliga 243 million evro maosh taklif qilgan, bu esa portugaliyalik forvardni avtomatik tarzda uni dunyoning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchisiga aylantiradi. Biroq hujumchi Osiyo klubiga o‘tishni istamadi.
Avvalroq Saudiya Arabistoni futbol federatsiyasi prezidenti Yosir Al-Mishal “The Athletic” nashriga Ronalduni mahalliy chempionatga olib kelmoqchi ekanligini aytgan edi
Eslatib o‘tamiz, Krishtianu hozirda kamroq o‘yin amaliyotiga ega bo‘layotganidan norozi. Shu bois, u qishda Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tish haqida o‘ylab ko‘rishi mumkin.

Fikrlar