
Ronaldu Saudiyaga bejiz kelmagan ekan
Saudiya Arabistonining “An-Nasr” klubi bilan shartnoma imzolagan Krishtianu Ronaldu bu mamlakatda ayollar futbolini ommalashtirishga bel bog‘laganini aytdi.
- Saudiya Arabistonida ayollar futbolini rivojlantirishni istayman, - dedi 37 yoshli hujumchi.
Shundan so‘ng, Ronaldu to‘pga avtograf qo‘yib, uni tribunadagi qizchaga hadya qildi.
Ronaldu “An-Nasr”da ikki yarim yil faoliyat ko‘rsatishi belgilangan. Saudiyaliklar uning bir yillik xizmatini qariyb 200 million evroga baxolamoqda.
Fikrlar