
Ronaldu "Sautgempton" - MYu uchrashuvining eng yomon futbolchisi deb topildi
Angliya Premer ligasining 4-turi doirasidagi o‘yinda "Manchester Yunayted" "Sautgempton" ustidan g‘alaba qozondi. Uchrashuv 1:0 hisobida yakunlandi.
“WhoScored” portali hujumchi Krishtianu Ronalduni mankunianliklarning eng yomon futbolchisi deb topdi. Portugaliyaliklar 6,1 ball oldi. Faqatgina Fred Krishtianuga nisbatan pastroq reytingga loyiq ko‘rildi, biroq braziliyalik futbolchi uchrashuv yakunlanishiga bir necha daqiqa qolganda maydonga tushdi.
37 yoshli Ronaldu esa bahsning 68-daqiqasida zaxiradan o‘yinga qo‘shildi. Biroq hujumchi bu vaqt ichida darvoza tomon birorta ham zarba bermadi. Shuningdek, u 10 ta uzatmani amalga oshirdi va shundan 5 tasi aniq manzilga etib bordi.
Ma’lumot o‘rnida, keyingi turda “Manchester Yunayted” mehmonda “Lester” bilan o‘ynaydi.
Fikrlar