Ronaldu "Sautgempton" ustidan qozonilgan g‘alaba haqida fikr bildirdi

  • 28.08.2022 13:18
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Manchester Yunayted" hujumchisi Krishtianu Ronaldu Angliya Premer ligasining (APL) 4-turi doirasidagi "Sautgempton"ga qarshi bahsda qozonilgan g‘alaba (1:0) haqida fikr bildirdi.

Sautgemptondagi "Sent-Meris" stadionida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda 37 yoshli portugaliyalik futbolchi 68-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi.

"Muhim uch ochko", - deb yozdi Ronaldu o‘zining tvitter sahifasida.

Hujumchi joriy mavsumda “Manchester Yunayted” safida APL doirasidagi to‘rtta o‘yinda maydonga tushib, gol ura olmadi. Uning klub bilan shartnomasi 2023 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi.

APLning to‘rt turidan so‘ng “Manchester Yunayted” olti ochko jamg‘arib, turnir jadvalida ettinchi o‘rinda bormoqda. “Sautgempton” 4 ochko bilan 14-pog‘onani band etgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!