Ronaldu tezlikni pasaytirmaydi
“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Erik ten Xag portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu jamoa o‘yiniga salbiy ta’sir ko‘rsatmasligini ta’kidladi.
The Guardian nashriga bergan intervyusida niderlandiyalik mutaxassis Ronaldu qachon jamoa safiga qo‘shilishi mumkinligini bilmasligini tan olgan.
Shunga qaramay, Erik ten Xag Krishtianu Ronaldu kelasi mavsum “Manchester Yunayted” qo‘llaydigan o‘yin uslubiga moslashishi va pressinglarda faol ishtirok etishini aytdi. Bundan tashqari, murabbiylar shtabi portugaliyalik yulduzning maydonda nimalarga qodirligini biladi va uning borligi o‘yin tezligini tushirmaydi.
Ronaldu o‘tgan mavsumda jamoaning eng yaxshi to‘purari bo‘ldi. U jami 38 marotaba maydonga tushib, raqiblar darvozasini 24 marta ishg‘ol qildi.

Fikrlar