Ronaldu transferi inkor etildi
“Napoli” klubi sport direktori Kristiano Juntoli qishki transfer oynasida portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu bilan shartnoma imzolashi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi.
“Ronaldu yanvarda transfer qilinadimi? Klubimiz hech kim bilan shartnoma imzolashni rejalashtirmayapti. Biz hech narsani o‘zgartirmoqchi emasmiz. Jamoa ajoyib futbol namoyish etmoqda, shuning uchun biz yangi o‘yinchilarni taklif qilishdan ma’no ko‘rmayapmiz", - dedi Juntoli.
Oldinroq Ronaldu qishda "Manchester Yunayted"ni tark etishga tayyorligi haqida xabar berilgandi. 37 yoshli hujumchi ilgari Turinning "Yuventus" klubida o‘ynagani sababli A Seriyai unga begona emas.

Fikrlar