
Ronaldu turk klubiga kerak emas edi
Ismi e’lon qilinmagan “Fenerbaxche” vakili portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronalduning ehtimoliy transferi haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi. Bu haqda taniqli insayder Gyurkan Bilgich ma’lum qildi.
“Men “Fenerbaxche”ning top-menejerlaridan biri bilan gaplashdim. U klub Krishtianu Ronalduning transferi bo‘yicha hech qanday muzokara o‘tkazmaganini ta’kidladi”, - deydi Bilgich ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.
37 yoshli hujumchi hozirda "Manchester Yunayted" futbolchisi hisoblanadi. Yozgi transfer oynasida u Chempionlar ligasida o‘ynaydigan klubga o‘tishga harakat qildi, biroq o‘zi uchun mos variant topa olmadi.
Fikrlar