
Ronaldu va Fernandesh orasidan olamushuk o‘tdimi?
Portugaliya terma jamoasi yarim himoyachisi Joau Mariu jamoadoshlari Krishtianu Ronaldu va Bruno Fernandesh o‘rtasidagi munosabat haqida fikr bildirdi.
"Men o‘sha paytda kiyinish xonasida edim, rasmlarni ko‘rdim. Bu ular o‘rtasidagi hazil edi. Qizig‘i shundaki, Bruno terma jamoa hududiga oxirgi kelganlardan biri bo‘lgani sababli Krishtianu "Qayiqda keldingmi?", - deya so‘radi.
Men nima uchun bu lahzani noto‘g‘ri talqin qilishganini tushunaman, lekin bu shunchaki hazil, ular juda yaxshi munosabatga ega", - dedi Mariu.
Fikrlar