
Ronaldu va Jorjina yana bir xayrli ishga qo‘l urdi
"Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu va Jorjina Rodriges yana bir xayriyaga qo‘l urdi.
Juftlik 7 yoshli portugaliyalik bolakayni davolash uchun pul o‘tkazdi. U 2019 yilda neyroblastoma - bolalarda eng ko‘p uchraydigan xavfli o‘simta bilan kasallangan edi. Uning ota-onasi allaqachon Barselonadagi klinikalardan birida davolanishga yuborilganligini aytib, Ronalduga minnatdorlik izhor etgandi.
"Tomas kerakli testlarni topshirish va kasallikdan qutilish uchun Barselonaga ketmoqda. Jorjina va Krishtianu yordamingiz, birdamligingiz va ulkan qalbingiz uchun tashakkur! Tomas ushbu muolajadan o‘tish imkoniyatini qo‘lga kiritgani uchun sizga cheksiz minnatdorlik bildiramiz", - deyiladi xabarda.
Fikrlar