
Ronaldu va uning sobiq agenti nima uchun kelishmay qolgan?
Krishtianu Ronaldu va uning sobiq agenti Xorxe Mendesh o‘rtasidagi kelishmovchilik tafsilotlari oshkor bo‘ldi. "L'Équipe" nashri xabariga ko‘ra, Ronaldu va Mendesh o‘rtasidagi kelishmovchiliklar uzoq vaqt davom etgan, biroq portugaliyalikning Pirs Morganga bergan intervyusi hal qiluvchi sabab bo‘lgan.
"Mendeshning so‘zlariga ko‘ra, bu intervyuni berish qarori mutlaqo bema’nilik edi", - dedi agentning tanishi. Bu gaplar esa Krishtianuning g‘ashini keltirgan. Shundan so‘ng "JCh-2022" paytida agent endi Ronaldu bilan ishlamasligini tushundi.
"U Krishtianuga haqiqatni aytishga jur’at eta oldi", - deydi Mendeshning do‘sti.
Fikrlar