Ronaldu xursand! (foto)

  • 30 may, 2024, 08:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

“An-Nasr” hujumchisi Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistoni chempionati to‘purarlar bahsida g‘olib chiqqani uchun unga “Oltin butsa” topshirildi.

Bu haqda “An-Nasr” klubi matbuot xizmati xabar tarqatdi.

39 yoshli hujumchi mavsumni 35 ta gol bilan yakunladi. Bu Saudiya Arabistonida bir mavsumda kiritilgan gollar soni bo‘yicha yangi rekord sifatida qayd etildi. Bundan tashqari, portugaliyalik hujumchi hisobida 11 ta assist ham bor.

Krishtianu Ronaldu to‘rtta mamlakat milliy chempionatlarining eng yaxshi to‘purari bo‘lgan yagona futbolchi hisoblanadi.

U faoliyati davomida “Manchester Yunayted”da Angliya, “Real”da Ispaniya, “Yuventus”da Italiya va “An-Nasr”da Saudiya Arabistoni chempionati to‘purarligini qo‘lga kiritdi.

Chempionatda ikkinchi o‘rinni egallagan “An-Nasr” rahbariyati mashhur futbolchi bilan amaldagi shartnomani yangilashga harakat qilmoqda

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Асманов Асман
30/05/2024 10:25
Бале Рон