Ronaldu yangi klubi muhitiga salbiy ta’sir o‘tkazmoqdami?
Ispaniya matbuoti "Al-Nasr" klubidagi vaziyat keskinlashib borayotganini yozmoqda. Bunga bir qancha omillar sabab bo‘lgan.
Birinchidan, Ronalduning debyuti haqida hali aniqlik yo‘q. Ikkinchidan, jamoaning eng yaxshi hujumchilaridan biri bo‘lgan Abubakarning ketishi hammaga ham yoqmadi. Avvalroq, kamerunlik futbolchi Messi Ronaldudan kuchli deya omma oldida ta’kidlagandi. Shu bilan birga, Abubakar haligacha klub bilan shartnomani bekor qilish borasidagi barcha masalalarni hal qilmagan.
Ronalduning o‘zi esa "Al-Nasr" safida qachon debyutini o‘tkazishini hozircha bilmaydi. Futbolchi "MYu"dalik payti olgan diskvalifikatsiya tufayli 14 yanvar kungi "Al-Shabab" bilan o‘yinni o‘tkazib yuboradi.



Fikrlar