Ronaldu yangi murabbiyga “paxta” qo‘ydi

  • 14 may, 2022, 17:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” to‘purari Krishtianu Ronaldu jamoaga Erik ten Xag bosh murabbiy bo‘lib kelayotganidan mamnun ekanini aytdi.

- Hammamiz nafaqat o‘yinchilar, balki klubning muxlislari sifatida bu qarordan mamnun bo‘ldik. Biz kelasi mavsum sovrinlarga ega chiqishimizga ishonishimiz kerak.

Men Erik ten Xag “Ayaks”da qanday ishlarni amalga oshirganini yaxshi bilaman. U tajribali murabbiy, jamoada unga etarlicha vaqt berishlari kerak. Men unga barcha ezgu tilaklarimni bildiraman, - dedi Krishtianu Ronaldu.

“Ayaks”ni Niderlandiya chempioniga aylantirgan Erik ten Xag iyul oyidan “Manchester Yunayted”da ish boshlaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!