
Ronaldu yoki Neymardek yashamayman!
“Liverpul” hujumchisi Sadio Mane zamonaviy futbolchilarning hashamatli hayot tarzi haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.
- O‘zimni juda ham tanqidchi kishi qilib ko‘rsatmoqchi emasman, lekin meni futboldagi ayrim qadriyatlar jig‘imga tegadi. Meni boshqacha tarbiya qilishgan. Shuning uchun ko‘p narsadan uzoq yurishni afzal bilaman, - dedi.
Sadio Mane hamkasblari Krishtianu Ronaldu va Neymarning ijtimoiy tarmoqlarini muntazam kuzatib borishini, lekin ularning hayot tarzi unga to‘g‘ri kelmasligini ta’kidladi.
Senegallik hujumchi joriy mavsumda Angliya premer-ligasida 5 ta uchrashuvda qatnashib, raqiblar darvozasini 12 marotaba ishg‘ol qildi. Terma jamoasi bilan Afrika Millatlari kubogi musobaqada bosh sovrinni qo‘lga kiritib, chempionatning eng yaxshi o‘yinchisi, deb e’tirof etildi.
Fikrlar