
Ronaldu “Yunayted”ni shantaj qildi
Krishtianu Ronaldu “Manchester Yunayted” rahbariyatiga bosim o‘tkazgani ma’lum bo‘ldi. Portugaliyalik to‘purar klub xo‘jayinlarini agar jamoani Ralf Rangnik boshqarishda davom etsa, boshqa jamoaga o‘tiyu ketishi haqida ogohlantirgan.
Avvalroq, klub mutasaddilari germaniyalik murabbiyga doimiy ravishda jamoani boshqarish variantini taklif qilmoqchi bo‘lgandi.
Manbaning ta’kidlashicha, Ronaldudan tashqari yana bir necha etakchi o‘yinlar ham Rangnikning ish uslubini yoqlamagan va uni ketishini istagan.
Oxir-oqibat, “Manchester Yunayted” xo‘jayinlari jamoani Erik ten Xagga topshirdi. Niderlandiyalik mutaxassis jamoani kelasi mavsumga puxta tayyorlash maqsadida yozgi ta’tilni ikki haftaga qisqartirdi.
Fikrlar