
Ronaldu "Yuventus"dan ketmoqda! Allegri buni tasdiqladi
"Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu turinliklar safini tark etishi aniq bo‘ldi. "Keksa senoralar" bosh murabbiyi Massimilano Allegri ma’lum qildi.
"Krishtianu kecha menga tezroq "Yuventus"ni tark etmoqchi ekanligini aytdi. Ha bu rost, buni tasdiqlayman. U bugun mashg‘ulotlarda qatnashmadi. Ertangi "Empoli"ga qarshi bahsda ham qatnashmaydi.
Men xafa bo‘lmadim. Bu uning tanlovi. Ronaldu bu erda 3 yilni o‘tkazdi va ketmoqda. Bu hayot", - dedi murabbiy.
Fikrlar