
Ronaldu "Yuventus"ning dekabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi
“Yuventus” klubi forvardi Krishtianu Ronaldu jamoaning o‘tgan dekabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.
Ta’kidlash kerakki, 34 yoshli portugaliyalik futbolchi o‘tgan oy “keksa sinora” safida 6 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 6 ta gol yozdirib qo‘yishga erishgan edi.
Ma’lumot uchun, Ronaldu ayni damda 14 ta gol bilan A Seriya to‘purarlar jadvalida peshqadamlik qilmoqda.
Fikrlar