Ronalduda Chempionlar ligasida qatnashish varianti paydo bo‘ldi

  • 9 avgust, 2022, 10:25
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya premer-ligasida yang mavsum boshlanganiga qaramay, Krishtianu Ronalduda Chempionlar ligasida qatnashish imkoniyati paydo bo‘ldi.

Tecno

Aslida portugaliyalik futbolchini “Chelsi” xo‘jayini Todd Byoli o‘z jamoasiga olib kelmoqchi edi. Lekin bosh murabbiy Tomas Tuxel bu transferni ma’qullamagandi.

Ma’lumotlarga qaraganda, “Chelsi” Rahim Sterlingni o‘z safiga qo‘shib olganiga qaramay, yana bir hujumchiga ehtiyoj tug‘ilmoqda.

“Aristokratlar” tez orada yana bir hujumchi Timo Verner bilan ham xayrlashmoqchi. Bu yo‘qotishlar o‘rnini to‘ldirish uchun Todd Byoli Ronalduni olib kelishga harakatlarni qayta boshladi.

- Ronaldu transfer oynasi yopilgunicha “Chelsi” bilan muzokaraga kirishishi kutilmoqda. “Manchester Yunayted” uni qo‘yib yuborishi boshqa masala. Lekin Todd Byoli uni olishga jiddiy kirishgan, - deb xabar berdi taniqli jurnalist Saymon Filipps.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Sultan Jumayew
09/08/2022 12:05
Yhsi