
Ronaldu qariyalar rekordini o‘rnatdi
“Norvich Siti” darvozasini uch marotaba ishg‘ol qilgan Ronalduning rekordlari soni ortib bormoqda.
Statistika mutaxassislarining yangi hisob-kitoblariga qaraganda, Krishtianu Ronaldu Angliya premer-ligasida bir mavsumda 15 ta va undan ko‘p gol urgan yoshi 36 dan o‘tgan birinchi futbolchi bo‘ldi.
Bir so‘z bilan aytganda, portugaliyalik hujumchi “qariyalar rekordi”ni o‘rnatdi.
Bungacha, Ronaldu uchun “Norvich Siti” darvozasi to‘ridan joy olgan to‘plar 37 yoshli futbolchiga faoliyatidagi 60-xet-trik, ketma-ket 16 mavsumdan beri 20 tadan ko‘p gol, jarima zarbasidan kiritilgan 58-gol sifatida tarixiy natijalarni keltirgandi.
Fikrlar