
Ronalduga qizil chiziq tortish kerak!
Angliya terma jamoasi va “Arsenal” sobiq futbolchisi Pol Merson “Manchester Yunayted”ni Krishtianu Ronaldudan voz kechishga chaqirdi.
- “Manchester Yunayted” Krishtianu Ronalduga qizil chiziq tortib, undan tezroq qutilishi kerak. Bu ertak tezroq tugasin.
37 yoshli Ronaldu anchadan beri to‘p tepmayapti. Har bir futbolchi mavsumga tayyor bo‘lishi uchun maydonda ter to‘kishi kerak. Mavsumoldi o‘rtoqlik uchrashuvlari mana shu maqsadda tashkil qilinadi.
Ronaldu jamoani kuchli to‘rtlikka olib kirishga qodir emas. Ronaldu qolgan taqdirda ham jamoa maqsadiga etolmaydi. Asosiy hujumchi 37 yoshli o‘yinchi bo‘lishi yaxshi emas.
Yangi bosh murabbiy o‘z rejasini hozirdan amalga oshirishi kerak. Ronaldu kelasi mavsum jamoaga yordam bera olmaydi. Qolsa ham, bir yilga qariydi. O‘yin tezlashib ketganini inobatga olsak, “Yunayted”ga yangi markaziy hujumchi kerak, - dedi Pol Merson.
Fikrlar