
Ronaldudan keyin yana bir yulduzga chiqish eshigi ko‘rsatiladi
“Manchester Yunayted” Krishtianu Ronaldudan keyin yana bir yulduzidan ayrilishi mumkin.
Manchesterliklar katta qiyinchilik bilan transfer qilgan Jeydon Sancho “Yunayted”ga kelganidan beri o‘zini ko‘rsata olmayapti.
Klub murabbiylar shtabi 22 yoshli futbolchini Ispaniyada tashkil etiladigan o‘quv-mashg‘ulot yig‘iniga jalb qilmaydigan bo‘ldi. Jeydon safar o‘rniga individual tarzda shug‘ullanib, jismoniy tayyorgarligini yaxshilashi talab etilmoqda.
Ma’lumotlarga qaraganda, Erik ten Xag Jeydon Sancho xizmatidan voz kechishga qaror qilgan. Bu vaziyatda klub iste’dodli o‘yinchini sotib yuborishiga to‘g‘ri keladi. Vaziyatni “Chelsi” kuzatib borayotgani aytilmoqda.
Fikrlar