
Ronalduga APLdan kutilmagan taklif bor
Krishtianu Ronaldu va Erik ten Xag o‘zaro kelishmovchilikka barham berishdi, hujumchi Evropa ligasi doirasidagi "Sherif"ga qarshi o‘yinga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Biroq portugaliyalikning kelajagi mavhumligicha qolmoqda va qishki transfer oynasida uning "Manchester Yunayted"ni tark etishini inkor etib bo‘lmaydi.
Krishtianu Ronaldu "Chelsi"ga o‘tishi borasida mish-mishlar yana tarqaldi, ammo portugaliyalik hujumchisida boshqa variant paydo bo‘ldi. "El Nacional" nashri xabariga ko‘ra, Krishtianuga "Arsenal" qiziqish bildirmoqda.
Manbaga ko‘ra, "to‘pchilar" Krishtianu Ronalduning tajribasi Mikel Artetaning yosh jamoasi uchun juda foydali deb hisoblanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, “Arsenal” ayni damda Angliya Premer-ligasida etakchilik qilmoqda.
Fikrlar