Ronalduga haykal qo‘yishdi
Hindistonning Goa shtatida “Manchester Yunayted” hujumchisi Krishtianu Ronalduga haykal qo‘yildi. Bu haqda Goa shtati fan va texnologiyalar vaziri Mixael Lobo xabar berdi.
- Futbolga bo‘lgan mehrimiz va yoshlarning iltimosiga ko‘ra, Goadagi parkda Krishtianu Ronalduga haykal o‘rnatdik. Bu yoshlarni futbolni yangi bosqichga ko‘tarishga ilhomlantiradi, - dedi Mixae Lobo.

Krishtianu Ronaldu to‘purarlik borasida bir necha rekordlar sohibi hisoblanadi. 2021 yilda portugaliyalik yulduz milliy terma jamoa, Chempionlar ligasi, rasmiy uchrashuvlarda ko‘p gol urish bo‘yicha qator rekordlarini yangiladi.
Ronaldu joriy mavsumda "Manchester Yunayted" tarkibida Angliya premer-ligasining 14 ta uchrashuvida qatnashib, ettita gol urdi va ikkita golli pas oshirdi.

Fikrlar